Veynaldum Pogbani «PSJ»da ko'rishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

«PSJ» futbolchisi Jorjino Veynaldum «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbani Frantsiya poytaxtida ko'rishni istaydi.
«Pogba ajoyib o'yinchi. Men unga qarshi bir necha bor o'ynaganman. Barcha
klublar Polni sotib olishni xohlaydi. Agar biron bir futbolchidan so'rasangiz, u ham Pogbani o'z jamoasiga qo'shilishini istashini aytadi. Unda hammasi bor, u dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. U Parijga kelishini istardim», - deya gollandiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi «RMC Sport» nashri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252