Kamavinga «MYu» taklifini rad etdi. Sababi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 243

«Renn» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga «Manchester Yunayted»ga o'tish taklifini rad etdi. Bu haqida «Manchester Evening News» nashri xabar bermoqda.
Manbada ta'kidlanishicha, futbolchi Ispaniyaga ko'chib o'tmoqchi. Yarim himoyachi uchun
ustuvor vazifa - «Real». Shu bilan birga Kamavinga «Renn» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Uning klub bilan shartnomasi bir yildan so'ng tugaydi. Shunday qilib, 2022 yilda u erkin agentga aylanishi mumkin.
O'tgan mavsumda 18 yoshli Kavaminga «Renn» tarkibida barcha musobaqalarda 39 o'yin
o'tkazib, bitta gol va uchta golli pas berishni uddalagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262