Oksana Chusovitina: «Motivatsiyani o'ldirishdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Gimnastikachi Oksana Chusovitina O'zbekiston delegatsiyasining Olimpiada bayroqdori o'zgarganiga izoh berdi. Bu haqda sportchi «Sputnik»ga intervyu berdi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida O'zbekistonning bayroqdorlari badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobousmon Boturov bo'lishi haqida ma'lum qilgandi. Keyinchalik O'zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari taekvondochi Nigora Tursunqulova va bokschi Bahodir Jalolov bo'ladigan bo'ldi. Oksana ushbu o'zgarish haqida fikr bildirdi.
«Bilasizmi, ular nima uchun o'zgartirishganini menga tushuntirshmadi. Shunchaki, men bormasligimni aytishdi, xolos. Motivatsiyani o'ldirishdi. Bunday qilib bo'lmaydi. Tushuntirib berishsa bo'lgani edi, biz hammamiz insonmiz va hamma narsani tushunamiz», — dedi Chusovitina.

Bosh sahifaga
238