«Turon» tojikistonlik va Superliga futbolchilari bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Ayni paytda O'zbekiston Superligasida transferlar oynasi vaqti. Shu munosabat bilan Yaypanning «Turon» jamoasi bir qancha futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.
O'zPFL rasmiy sayti xabar berishicha, Farg'ona klubi futbolchi Muzaffar Muzaffarov bilan shartnomani 2022-yil 1-dekabrgacha uzaytirgan.
Shuningdek, «Xo'jand» (Tojikiston) sobiq futbolchisi Firdavs Chakalov va «Bunyodkor» sobiq futbolchisi Sunatilla Abdullajonovlar ham «Turon» bilan shu yilning 1-dekabrgacha bo'lgan shartnoma imzolagan.
Qolaversa, klub avvalroq Humoyun Murtazoevni «Mash'al»dan sotib oldi va 2022-yilning 31-dekabrigacha bo'lgan shartnoma imzoladi.
Sardor Abduraimov ham «Mash'al»dan sotib oldi va 2023-yilning 31-dekabrigacha
shartnoma imzolagan.

Bosh sahifaga
264