Bugun Tokio-2020 Olimpiadasining ochilish marosimi o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

Bugun, 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Tokio-2020 Olimpiadasining ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir Tokio Milliy stadionida o'tkaziladi. Ochilish marosimiga tomoshabinlar kiritilmaydi. Faqatgina 950 nafardan iborat bo'lgan diplomatlar, homiylar va Olimpiya qo'mitasi a'zolari stadionda bo'lishadi. 15 nafar davlat va xalqaro tashkilot rahbarlari ham aynan stadiondan ushbu voqeani jonli kuzatib borishadi.
Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadigan ochilish marosimi O'zbekistonda "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Rasmiy parad payti sportchi va delegatsiyalar a'zolari koronavirusdan himoyalanish choralarini ko'rishadi. Barcha ishtirokchilar himoya niqoblarida bo'lishlari va ijtimoiy masofani saqlashlari shart.
Ijtimoiy masofa stadiongacha 2 metr, stadionning ichida 1 metrni tashkil etadi. Tana harorati 37,5 dan yuqori bo'lganlar stadionga kiritilmaydi. Parad Gretsiya delegatsiyasi boshlab beradi, mezbon Yaponiya yakunlaydi.
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasida O'zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari Oksana Chusovitina va Bobousmon Baturov bo'lishadi.

Stadion.uz mazkur yozgi olimpiya o'yinlarini imkon qadar tezkorlik bilan batafsil yoritib boradi. Biz bilan birga bo'ling.

Bosh sahifaga
216