Veynaldum «PSJ»da nechanchi raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi Jorjino Veynaldum «PSJ»da nechanchi raqamni egallagani ma'lum qilindi.
Niderlandiyalik 30 yoshli markaziy yarimhimoyachi 2021 yilning 1 iyulida Angliyaning «Liverpul» klubidan «PSJ»ga erkin agent maqomida o'tgandi. 22 iyul kuni futbolchi 18-raqam ostida to'p surishi e'lon qilindi. Bu raqamning oldingi egasi Moyze Kin bo'lib, hozirda u «Everton»da ijara asosida o'ynaydi.

Ma'lumot o'rnida, Jorjino Veynaldum «Liverpul»da 5-raqamda o'ynagan. Terma jamoada esa 8-raqam ostida to'p suradi.
Eslatib o'tamiz, Jorjino Veynaldum parijliklar bilan 2024 yilning 30 iyunigacha davom etuvchi shartnoma imzolagan. Yarimhimoyachi «Liverpul» bilan yangi shartnomaning moliyaviy tomonlari bo'yicha kelisha olmagach, jamoani tark etishga qaror qilgan.

Bosh sahifaga
223