«Jenoa» bosh murabbiyi Eldor Shomurodovni sotishni taqiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov ushbu transfer oynasida jamoani tark etmaydi.
Genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini 26 yoshli futbolchini sotishni taqiqladi, deb xabar beradi «Match TV». «Jenoa» o'zbekistonlik futbolchi bilan juftlikda to'p surish uchun hujumchi izlamoqda.
Shomurodovning o'zi ham boshqa jamoaga o'tishni rejalashtirmayapti. Yaqinda Eldor oilasini Genuyaga ko'chirib o'tkazgandi.
O'zbekistonlik hujumchi 2020/21 yilgi mavsum A Seriyada 31 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol muallifiga aylangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206