So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Yangi mavsumda APL toji uchun da'vogarlar haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
Mana, Evro 2020 va Kopa Amerika 2021 bahslari o'z nihoyasiga etib, ulardagi natijalar tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Endilikda futbol ishqibozlari yangi mavsum boshlanishini hamda klublar futboli qaytishini intizorlik bilan kutmoqda. Dunyoning eng tomoshabop ligasi bo'lgan APL startiga ham atigi, 3 hafta vaqt qoldi. Tobora kuchayib borayotgan undagi oltilik esa, chempionlik uchun kurashishga shay holatga keltirilmoqda. Hozirda ular qizg'in transfer ishlari bilan band va tarkiblarini yangilashlari kerak. Xo'sh, yangi mavsumdan nimalarni kutish lozim? Chempionlik uchun da'vogarlar asosan qaysi klublar bo'ladi? Bu savollarni quyida muhokama qilamiz.
Chempionlik poygasida biz hoxlaymizmi yo'qmi, «Manchester Siti» birinchi bo'lib tilga olinadi. Buni sababi juda oddiy. Ular so'nggi uch yilda ikki marta chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. Bunda bosh murabbiy Pep Gvardiolaning xizmatlari beqiyos, albatta. Lekin ushbu mutaxassis uchun kelayotgan mavsumda tish qayrab turgan raqiblar bisyor. Ular «shaharliklar»dan kelasi yil may oyiga qadar chempionlik tojini tortib olish uchun harakatda bo'lishadi.
Eng katta raqib sanalgan «Liverpul» himoyasi yana mustahkamlanmoqda. Virjil van Deyk safga qaytgan, qolganlar ham tiklanishda davom etmoqda. Klopp jamoasini chempionlik yilidagi kabi mukammal ko'rinishga keltirmoqchi.
«Manchester Yunayted» o'zining shonli davrlaridagi kabi shuhratga erishish uchun millionlarni sarf etmoqda. Tarkibi ham shunga yarasha kuchli ko'rinishga keladi.
Yana bir xavfli raqib, «Chelsi» Evropada tengsizga aylandi. Ungacha esa kerakli harajatlar va harakatlar amalga oshirildi. Endi «aristokratlar» mamlakat chrmpionligi uchun harakat qilib ko'rishadi. Eng kuchli sanalgan klublar o'rtasidagi bahsni tomosha qilish esa, muxlislar uchun eng keraklisi.
Yuqorida nomi keltirilgan klublar bir-biriga eng kuchli qarshilik ko'rsata olish xususiyatiga ega bo'lgan jamoalardir. Ammo shuni ham esdan chiqarmasligimiz kerakki, 2016 yildagi kabi «ertak» yozishi mumkin bo'lgan ichki quvvatga ega klublar ham turnir jadvalida mavjud. O'shanda bu rolni «Lester Siti» bajargan bo'lsa, bu safar boshqa klub bu rolga da'vo qilishi ehtimoldan holi emas.
Biz hozir «Man. Siti»ni favorit deb atayotgan bo'lsakda, o'tgan mavsum Tomas Tuxel uning ustidan galma gal 3 marotaba muvaffaqiyat qozonganiga ko'z yuma olmaymiz. Xuddi shu kabi, «Man. Yunayted»ni ham uchinchi yoki to'rtinchi o'rinda yurish joniga tekkan. Ular ham chempion bo'lish uchun jon olib jon berishga tayyor holda startni olishi aniq. Qolaversa, yuqoridagilarga nisbatan ikkinchi eshelon jamoalari bo'lgan «Tottenhem» va uning printsipial raqibi «Arsenal» ham hech bo'lmaganda Evromaydondagi xalqaro turnirlar uchun jangga kirishini tahmin qilish qiyin emas.
Xullas, bizni olovli kurash maydoni kutadi. Bu chempionatda xattoki, jadval pastida ham hayot-mamot uchun jang kechadi. Turnir jadvalini ekvatorida boradigan klublar ham hotirjam bo'la olmaydi, bu erda. Zichlik, qaltislik, beqarorlik va murosasizlik ushbu turnirning doimiy hamrohi. Biz esa aynan mana shunday hodisalar uchun ham Premier Ligani yaxshi ko'ramiz. Umid qilamizki, boshlanayotgan mavsum barchamizga yangi davr futbolini to'laqonli namoyish eta oladi.
Jaloliddin ISMATOV tayyorladi
Manba: stadion.uzAPL hayron qoldirishda davom etadigan chempionat!