Tokio-2020. Denis Istominga qur'a omadli kelmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Ertaga Yaponiyada yozgi olimpiya o'yinlarining ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Bugun esa tennis musobaqasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
2018 yili bo'lib o'tgan Osiyo O'yinlari orqali Tokio-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritgan Denis Istomin musobaqaning dastlabki bosqichida hindistonlik Samit Nagal bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Ushbu yosh hind tennischisi ATP reytingida 144-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Istomin 203-pog'onadan o'rin olgan.
Denis ushbu bahsda g'olib chiqsa, keyingi bosqichda Aleksandr Bublik (Qozog'iston) - Daniil Medvedev (Rossiya) juftligi g'olibiga qarshi kortga chiqadi. Rossiyalik sportchi musobaqaning ikkinchi raqamli raketkasi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241