Kelasi mavsum Alli ikkinchi yoshligini boshdan o'tkazishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

Britaniya matbuotining yozishicha, «Tottenxem» bosh murabbiyi Nunu Santu jamoa etakchilaridan biri Dele Alliga kelasi mavsumda ham imkoniyat berishga tayyor.
Futbolchi o'tgan yili Joze Mourino qo'l ostida deyarli butun mavsumni zaxirada o'tkazdi. Allining aytishicha, unga yangi murabbiy kelishi qo'shimcha motivatsiya bergan.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, «Kolchester»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (4:1) Alli yarim himoya zonasida mukammal o'yin o'tkazgan.
Futbolchi ayni dam ta'tildan voz kechib, o'z vaqtini mashg'ulotlarga bag'ishladi. Klub rahbariyati Alliga nisbatan ancha ijobiy munosabatda.
Ular iste'dodli yarimhimoyachiga faoliyatini qayta boshlash uchun imkoniyat yaratib berishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287