«Nasaf» darvozabonlar uchun tanlov e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

“Nasaf” futbol maktabi 25-27 iyul kunlari bo'lajak darvozabonlar uchun tanlov o'tkazadi.
Bo'lajak darvozabonlarni mohir darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov, "Nasaf" U-21 darvozabonlar murabbiyi Asliddin Hasanov hamda futbol maktabi murabbiyi Denis Moninlar saralab olishadi.
Tanlov 25-27 iyul kunlari soat 11:00 da “Mehnatchi” stadionida yosh toifalariga ajratilgan holda bo'lib o'tadi.
25 iyul kuni 2010-yil hamda undan kichik bolalar uchun;
26 iyul kuni 2006-2009 yillarda tavallud topgan bolalar uchun;
27 iyul kuni 2005-2002 yillarda tavallud topgan nomzodlar uchun.
Murojaat uchun telefon raqami: +998 97 313 66 46 Asliddin Hasanov “Nasaf” U-21 darvozabonlar murabbiyi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294