"Aston Villa" yamaykalik futbolchi uchun "Bayer"ga katta summa taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Aston Villa" klubi yaqin vaqtlar ichida yamaykalik vingerni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Ingliz klubi Leon Beyli uchun "Bayer"ga 30 million evrolik taklif tayyorlamoqda, deya xabar bermoqda "The Daily Mail" nashri. 23 yoshli futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi tugashiga 2 yil qolgan. Shu sababli, Leverkuzen klubi mazkur taklifga rozi bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Beyli o'tgan mavsumda Bundesligada 30 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 9 ta gol va 8 ta assistni yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303