Pogbaning kelajagi hamon mavhum. "MYu" futbolchilari bu borada klubga maslaxat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning kelajagi noaniq qolmoqda.
"Manchester Evening News" nashrining yozishicha, "PSJ" frantsuzning transferini muhokama qilish uchun hali "MYu" bilan bog'lanmagan.
Pogbaga eng yaqin bo'lgan"Manchester Yunayted" futbolchilari klub yarim himoyachini qo'yib yuborishi kerak deb hisoblashmoqda. Futbolchilarning fikricha, bu jamoaga ham, yarim himoyachiga ham foyda keltirar ekan.
Pogbaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi. Avvalroq, "PSJ" "qizil iblislar"ni frantsiyalik futbolchini taxminan 50 million evroga sotishga ko'ndirish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda 28 yoshli xavbek Premer-ligada 26 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golga hammualliflik qildi.

Bosh sahifaga
281