«Everton» Taunsend transferini rasmiylashtirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Hujumkor yarimhimoyachi Andros Taunsend rasman «Everton» futbolchisiga aylandi. Bu haqda liverpulliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taunsend bilan 2 yillik shartnoma imzolandi. Andros Rafael Benites jamoasiga erkin agent sifatida qo'shildi. Oldinroq u Londonning «Kristal Pelas» klubi bilan shartnomasini uzaytirmagan va jamoani tark etish istagini bildirgan edi.
Ma'lumot uchun, 2020/2021 yilgi mavsumda Taunsend APL doirasida 1 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252