So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Qo'qon-912» o'rtoqlik o'yinida yirik hisobda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117
Davralar oralig'idagi tanaffusdan unumli foydalanib, ikkinchi davraga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi, bugun Toshkent shahrida nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
“Shunqorlar”ning raqibi Termizning “Surxon” jamoasi bo'ldi. Baxtiyor Ashurmatov o'rtoqlik o'yinida tarkibda bo'lib turgan barcha futbolchilarga o'ynash imkonini berdi. Jarohat sababli Murod Xolmuhammedov hamda yaqinda o'z vatanidan qaytib kelgan Slavko Lukich bugungi o'yinda qaydnomaga kiritilmadi.
Uchrashuv qo'qonliklarning hujumlari bilan boshlandi. O'yinning dastlabki daqiqalarida Hamidillo Abduhamidov hamda Shohnazar Norbekovda qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, lekin ular bu vaziyatlardan foydalana olishmadi. O'yinning 35-daqiqasiga kelib raqib himoyachilari Abduhamidovni to'xtatib qolishni uddasidan chiqa olishmadi. Hamiddillo darvozabon bilan deryali birga-bir vaziyatga chiqib , uchrashuvdagi hisobni ochdi.
53-daqiqada chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan Suhrob Berdiev ikki nafar raqibni aldab o'tdi va darvoza tomon aniq zarba yo'llab hisobni o'zgartirdi. Ikkinchi goldan so'ng termizlik futbolchilar hisobni qisqartirish uchun oldinga intilishdi. Qarshi hujumda Anvar Hojimirzaev himoyachilardan qochib ketdi va “Surxon” darvozasiga uchinchi golni kiritdi.
Uchrashuvning qolgan qismida har ikki jamoa futbolchilari harchand urinishmasin darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Shunday qilib “shunqorlar” qurbon hayiti bayramini nishonlash uchun yuqori kayfiyatda uylariga jo'nab ketishdi.
O'rtoqlik uchrashuvi
"Qo'qon-1912" - "Surxon" - 3:0
Gol: Hamidillo Abduhamidov (35), Suhrob Berdiev (53), Anvar Hojimirzaev (66)