«Roma» La Ligadan himoyachi olish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Rimning «Roma» klubi «Vilyarreal» himoyachisi Alfonso Pedrasani sotib olishga harakat qilib ko'radi.
Calciomercato xabariga ko'ra, shu asnoda «bo'rilar» bu yo'lda jiddiy raqobatchilariga ega. Shuningdek, Milan, «Barselona», «Bayer» va «Chelsi» klublari ham 25 yoshli futbolchiga da'vogarlik qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Pedrasa «Vilyarreal» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 44 uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golga uzatma berdi.
Uning «Vilyarreal» bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175