«Atletik» futbolchisini ortga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Frantsuz manbalari «PSJ» xavbeki Ander Erreraning «Atletik»ka o'tishi mumkinligi haqida yozmoqdalar. Parijliklar unga keyingi mavsum uchun joy kafolatlamaydi.
Errera «Atletik»ni 2014 yilda tark etgan edi. Futbolchi «PSJ» ga qadar «Manchester Yunayted»da ham o'ynaganidan xabaringiz bor. Anderning parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Biroq endi jamoaga Jorjino Veynaldumning kelishi baskni asosiy tarkibdan joy olish umididan mahrum qilishi mumkin.
Hozirda bilbaoliklar bilan 12 million evrolik kelishuv haqida gap ketmoqda. Bu erda ko'p narsa futbolchining o'z xohishiga bog'liq.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234