Rasman! O'zbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi ishdan olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

O'zbekiston suzish federatsiyasining xabar berishicha, Xalqaro suzish federatsiyasi shafeligida o'tkazilgan suzish bo'yicha litsenzion O'zbekiston ochiq chempionati yakunlanganidan keyin 2021 yilning 21 aprel sanasida unda ishtirok etgan hindistonlik sportchi Likit Selvarash Prema turnir davomida nohaqlikka yo'l qo'yilgani, mahalliy sportchilarning vaqtlari noto'g'ri ko'rsatilgani haqidagi videomurojaatini Yutub ijtimoiy tarmog'iga joylaydi.
Qayd etish joiz, litsenzion O'zbekiston ochiq chempionatlariga Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati doimiy tashrif buyurib turgan, o'z navbatida, MOQ Tezkor shtab vakili Mirsardor Alimov ham musobaqani muntazam kuzatib borgan.
Musobaqadan so'ng shu erning o'zida kichik yig'ilish tashkil etib, tayyorgarlik jarayonini yanada kuchaytirish, mashg'ulotlar sifatini oshirish bo'yicha mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berilgan.
Turnirlar yakunlangach, O'zbekiston suzish federatsiyasi musobaqalar protokolini MOQga taqdim qilgan va unda 5 nafar atletimizning Tokio-2020 normativini bajargani ko'rsatib o'tilgan. Taqdim etilgan protokollarda belgilangan qoidalarning buzilishi, shu jumladan, keyinchalik hindistonlik suzuvchi tomonidan qayd etilgan voqea haqida ma'lum qilinmagan.
Shuningdek, biror xorijiy delegatsiya tomonidan, jumladan, Hindiston jamoasi tomonidan mazkur litsenzion turnirlar bo'yicha shikoyat yoki e'tiroz kelib tushmagan.
Shu bilan birga, O'zbekiston suzish federatsiyasining ma'lumotiga ko'ra, FINA ushbu turnirlarda qayd etilgan natijalarni tan olmadi. O'zbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher G'anievning so'zlariga ko'ra, FINA bu bo'yicha Toshkentga rasmiy xat jo'natmagan. Biroq O'zbekiston suzish federatsiyasi bir necha bor FINAga taqdim etilgan ma'lumotlarga aniqlik kiritish uchun xabar yo'llagan va hatto bu masala bo'yicha Sport arbitraj sudiga murojaat qilgan.
Yakunda esa xalqaro tashkilot yo'llagan «Universal Place» asosida faqatgina 2 nafar hamyurtimiz Xurshidjon Tursunov va Natalya Kritinina Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishdi.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, shuningdek, O'zbekiston sport faxriylari kengashi rasmiy ravishda ushbu holat hech qanday sport tamoyillariga mos kelmasligini va Olimpizm qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligini ma'lum qiladi. O'z o'rnida, boshqa federatsiyalar va sport tashkilotlaridan ham belgilangan qoidalarga qat'iy rioya qilishni so'raydi.
Shundan kelib chiqqan holda O'zbekiston suzish federatsiyasi Prezidiumidan quyidagilarni talab qiladi:
1. Yuqoridagi vaziyatni ko'rib chiqish, o'rganish hamda unga huquqiy baho berish uchun Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston sport faxriylari kengashi va O'zbekiston suzish federatsiyasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish;
2. Xalqaro suzish federatsiyasidan litsenzion musobaqada qayd etilgan natijalarning nima sababdan bekor qilingani haqidagi materiallarni taqdim qilishini so'rash;
3. Federatsiya bosh kotibi Alisher G'anievni vaqtincha o'z lavozimidan chetlatilishini.
Manba: @OlympicUz
Bosh sahifaga
170