«Yuventus» Arturga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

La Repubblica xabariga ko'ra, Turinning «Yuventus» klubi Argentina va «PSJ» yarimhimoyachisi Leandro Paredes xaridiga qiziqmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Turin klubi yarimhimoyachini Artur uchun potentsial o'rinbosar sifatida ko'rmoqda, u o'ng oyog'idagi kichik to'qimalar jarohati tufayli jarrohlik amaliyotini o'tashi kerak.
Shifokorlarning taxminlariga ko'ra, braziliyalik A Seriya yangi mavsumining dastlabki ikki oyini o'tkazib yuborishi mumkin.
«Yuve» «PSJ»ga Paredesni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olish taklifini yuborgan.
Ma'lumot uchun, Liga 1ning so'nggi mavsumida Paredes «PSJ» tarkibida 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pasni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
142