Sarrini Korrea uchun tushayotgan takliflar qoniqtirmaydi, u yanada ko'prog'ini xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, «PSJ» «Latsio»ning argentinalik futbolchisi Xoakin Korreaga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, rimliklar bosh murabbiyi Mauritsio Sarri ushbu shartnomaga parijliklarning ispaniyalik yarimhimoyachisi Pablo Sarabiyani ham kiritilishini istamoqda.
«Latsio» rahbariyati ham o'z navbatida ushbu almashinuv variantini ko'rib chiqishga tayyor. Biroq rimliklar o'z futbolchilari uchun «Sarabiya»dan tashqari yana 18-20 million evro miqdorida qo'shimcha to'lov so'ramoqdalar.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Korrea rimliklar safida barcha turnirlar doirasida 38 uchrashuv o'tkazib, 11 gol urgan va 6 ta golga uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167