«Borussiya» iqtidorli hujumchisi bilan xayrlashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

L'Equipe xabariga ko'ra, Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi ushbu yozda frantsiyalik hujumchisi Markus Tyuram bilan xayrlashishi mumkin.
Manbaga ko'ra, nemis klubi hujumchining transferidan 25 million evro ishlab olishga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, ayni dam futbolchiga «Tottenxem» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «Roma» va «Napoli» ham iqtidorli frantsuzni qo'lga kiritishni xohlaydi.
O'tgan mavsumda 23 yoshli Markus Bundesligada 29 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191