«Liverpul» markaziy himoyachisi safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

«Liverpul» markaziy himoyachisi Jo Gomes tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan tiklandi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp aytib o'tdi.
«Jo mashg'ulotlarda juda yaxshi harakat qilmoqda. Aytishimiz mumkinki, u endi lazaretda qolmaydi. To'g'ri, ayni paytda u yuz foiz tayyor emas, ammo barchasi nisbatan yaxshi ketmoqda», - deydi Klopp klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, APL yangi mavsumi birinchi turida «Liverpul» «Norvich» bilan o'ynaydi. Bahs 14 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186