A Seriya klubida naq 7 ta (!) koronavirus holati aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Italiyaning «Spetsiya» klubi mamlakat chempionatiga tayyorgarligini to'xtatdi.
Gap shundaki, A Seriya klubida koronavirus bilan kasallanishning ettita holati aniqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayni paytda klub ehtiyotkorlik choralari sifatida sport ishlari va shunga aloqador tadbirlarni vaqtincha to'xtatib qo'yilgan va sog'liqni saqlash protokolida ko'rsatilgan tartibda butun jamoa izolyatsiyaga olingan.
Ma'lumot uchun, klubning olti futbolchisi va bitta xodimi koronavirus bilan kasallangan. «Spetsiya» yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 22 avgust kuni «Kalyari»ga qarshi safarda o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257