«Chelsi» 19 yoshli hujumchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

Londonning «Chelsi» klubi 19 yoshli albaniyalik hujumchi Armando Broya bilan yangi shartnoma tuzdi. Bu 2026 yilning yozigacha amal qiladi deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Ma'lumot uchun, Broya «Chelsi» akademiyasini tugatgan. U «ko'klar» asosiy tarkibida bitta uchrashuv o'tkazgan - 2020 yil mart oyida.
Eslatib o'tamiz, Broya o'tgan mavsumni Gollandiyaning «Vitesse» klubida ijarada o'tkazdi va u erda 34 uchrashuvda 11 gol urgan. Hujumchi shuningdek, Albaniya terma jamoasi tarkibida 6 ta o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260