Sardor Rashidovga «Paxtakor»ni erkin agent sifatida tark etgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

Kuni kecha Kuvaytning "Al-Kuvayt" klubi a'zosiga aylangan Sardor Rashidov "Paxtakor"ni erkin agent sifatida tark etgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda "sherlar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Yarim himoyachi Sardor Rashidov faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettiradi.
Sardorga Kuvaytning "Al Kuvayt" jamoasidan taklif tushgani sababli "Paxtakor" futbol klubi va Rashidov o'rtasida tuzilgan shartnoma ikki tomon kelishuviga ko'ra bekor qilindi. Biz Rashidovga Kuvaytdagi faoliyati omadli bo'lishini tilaymiz", — deyiladi "Paxtakor" matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267