«Tottenxem» Son bilan amaldagi shartnomani yangilash niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Londonning «Tottenxem» klubi hujumchisi Son Xin Min klubi bilan amaldagi shartnomani yangilashga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'z tvitteridagi rasmiy sahifasida ma'lum qilgan.
29 yoshli forvard bilan 2025 yilgacha muddatdagi bitim imzolanishi kutilmoqda. Janubiy koreyalik futbolchi yiliga 12 million evro maosh olishi belgilandi.
Ma'lumot uchun, Son 2015 yildan beri «Tottenxem»da o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda hujumchi klub tarkibida 51 o'yinda qatnashib, 22 gol urdi va 17 golga uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190