Messi Ronalduning rekordini yangiladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Instagramdagi o'zining sahifasiga Amerika kubogi sovrini bilan tushgan suratini joyladi.
Ayni paytga kelib ushbu suratga "layk" bosganlar soni 20 milliondan oshdi. Bu esa sport bilan bog'liq rasmlarga bosilgan "layk"lar soni bo'yicha rekord hisoblanadi. Instagram bo'yicha esa bu oltinchi natija.
Shu tariqa, Messi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli rekordni yangiladi. Portugaliyalik futbolchining Diego Maradonaga bag'ishlab yozgan posti sport mavzusida rekord bo'lib turgandi.
Eslatib o'tamiz, Kopa Amerika Messi uchun Argentina terma jamoasi tarkibidagi ilk sovrin hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223