FIFA yangi inqilobiy qoidalarni sinovdan o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

FIFA Niderlandiyada tashkil etiladigan "Future of Football Cup" yoshlar musobaqasida yangi qoidalarni sinovdan o'tkazadi. Xususan, quyidagi qoidalar sinab ko'riladi:
— to'pni yon chiziqdan oyoq bilan o'yinga kiritish;
— jarima zarbasini dribling yordamida amalga oshirish;
— cheklanmagan o'yinchi almashtirishlar;
— sariq kartochka olgan futbolchini besh daqiqaga maydondan chetlatish;
— sof 30 daqiqadan iborat ikkita bo'lim (o'yindagi to'xtalishlar paytida vaqt to'xtatib qo'yiladi).
Ushbu sinov musobaqasidan keyin FIFA yangi qoidalarni rasmiy uchrashuvlarga tadbiq etish bo'yicha qaror qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241