So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tokio-2020: O'zbekiston delegatsiyasi bayroqdor sportchilari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102
Tokio olimpiadasida qaysi sportchilar O'zbekiston bayroqdori bo'lishi ma'lum qilindi.
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov O'zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo'ladi. Qayd etish joiz, Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o'yinlarida bayroqdor bo'lgan dastlabki ayol atlet sifatida tarixdan joy olmoqda.
Oksana Chusovitina Barselona-1992 Olimpiya o'yinlari chempioni, uch karra jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, qatorasiga ettita yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan er yuzidagi yagona ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. Demak, Tokiodagi ochilish marosimda o'zining sakkizinchi Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, «O'zbekiston iftixori» faxriy unvoni egasi Oksana Chusovitina mamlakat sport delegatsiyasi bayrog'ini ko'targan holda XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarining bosh arenasiga boshlab tushadi. Unga esa boks bo'yicha Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, jahon chempionati sovrindori, «Kelajak bunyodkori» medali sohibi Bobo-Usmon Baturov hamrohlik qiladi.
Ochilish marosimining stsenariysiga ko'ra, barcha davlatlardan 1 nafardan erkak va ayol sportchilar bayroqdor bo'lib chiqadi. Bu Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan targ'ib qilinayotgan gender tenglik siyosatining amalda tatbiq etilishidir. Eslatib o'tamiz, XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Tokiodagi «Olimpiya» stadionida boshlanadi.