Jiru «Milan»da qaysi raqamda o'ynashi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Olive Jiru «Milan»da 9-raqamda to'p suradi. Bu haqda «BeFoot» Twitter sahifasida ma'lum qildi.
Hujumchi tez orada klub futbolchisiga aylanadi. 35 yoshli frantsuz futbolchisi Italiya jamoasi bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishib oldi.
«Rossonerlar» rasmiy veb-saytida ushbu raqamdagi futbolka uchun allaqachon buyurtma berilgan. Forvard «Milan»da 9-raqamda o'ynaydi.
2020/21 yilgi mavsumda Jiru «Chelsi» tarkibida 31 o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 4 million evroga baholagan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206