“Bunyodkor-W” klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

“Bunyodkor” ayollar jamoasi shu yil noyabr oyida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Iordaniya mezbonlik qiladigan turnirda “qaldirg'ochlar”ga Hindiston, Iordaniya va Eron chempionlari raqib bo'ladi. Sharqiy mintaqa guruhida ham 4 ta jamoa bor va ular Vetnamda to'qnash keladi. Guruhlardan 2 tadan jamoa yarim finalga yo'llanma oladi.
Taqvim bo'yicha bizda ayollar chempionati 31 oktyabr kuni yakuniga etadi. Kubok finali 6-7 noyabr kunlaridan birida o'tishi rejalashtirilgan (aniq sana 5 oktyabr e'lon qilinadi). Xalqaro musobaqa aynan 7 noyabr kuni start olishini inobatga olib, agar “Bunyodkor-W” O'zbekiston kubogi finaliga yo'l olsa, final sanasiga o'zgartirish kiritiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204