Sauldan hazilona javob
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211

Madridning «Atletiko» klubi yarimhimoyachisi Saul Niges jamoasini tark etishi mumkin. U bu borada «Barselona»ga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi.
Saul o'ziga «Atletiko»dan ketayotganligingdan xafamisan?», degan savolga—«Meni klubdan haydashmoqchi», - deya kulimsirab javob qaytardi. Aslida «Barselona» bilan o'zaro muzokaralar to'xtab qolganiga sabab qilib Katalon klubining futbolchi talab etayotgan summani to'lay olmasligi keltirilmoqda.
Avvalroq, «Barselona» va «Atletiko» Antuan Grizmann va Saulni o'zaro almashish masalasida muzokara olib borayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192