Mbappening kelajagi ikki hafta ichida hal qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

«Diario AS» nashrining xabar berishicha, hujumchi Kilian Mbappening kelajagi ikki hafta ichida hal qilinadi.
Futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil iyungacha amal qiladi. Parijliklar bunday yuqori toifadagi futbolchini tekinga qo'yib yubormoqchi emaslar, shuning uchun forvard bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Agar ular kelishuvni uzaytira olmasalar, katta ehtimol bilan Mbappe Parijni shu yozda tark etadi.
Ayni paytda, Kilianga asosiy da'vogar Madridning «Real» klubi hisoblanadi. «Qaymoqranglilar» hozirda Mbappening atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225