Tripper Premer-ligaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

«Atletiko» himoyachisi Kiran Tripper Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqida «Mundo Deportivo» nashri xabar bermoqda. Ma'lum qilinishicha, futbolchining o'zi Angliyaga qaytish haqida o'ylamoqda.
«Atletiko» futbolchini olib qolmoqchi, chunki angliyalik Madrid klubining asosiy o'yinchisi. Agar, Tripper ketishga qaror qilsa, u holda Ispaniya chempionlari uni 40 million evroga sotishga tayyor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yil iyunigacha amal qiladi.
Oldinroq himoyachiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Tripper 2019 yilda «Tottenxem»dan 22 million evroga ko'chib o'tib, «Atletiko» futbolchisiga aylandi. U o'tgan mavsumda La Liganing 28 o'yinida maydonga tushib, olti marta o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan.

Bosh sahifaga
292