Ukrainalik kiperga APLdan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Londonning «Vest Xem» klubi Kievning «Dinamo» va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Georgiy Bushanga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Evening Standard.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi rahbariyati allaqachon kievliklar bilan muzokaralarning birinchi bosqichini o'tkazgan. «Vest Xem» tarkibida Bushan asosiy darvozabon Lukash Fabianski bilan raqobatga kirishishiga to'g'ri keladi.
Ammo ukrainalik kiperni sotib olish «bolg'achilar»ga qiyinchilik tug'dirishi mumkin, chunki «Dinamo» prezidenti Igor Surkis uni 15 million evroga baholagan.
O'tgan mavsum 27 yoshli kiper «Dinamo» tarkibida barcha turnirlar doirasida 35 uchrashuv o'tkazib, 27 ta gol o'tkazib yuborgan. Uning Ukraina klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
292