«Roma» hujumchisi Liga 1ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Gollandiyalik hujumchi, Rimning «Roma» klubi a'zosi Jastin Klyuyvert «Nitstsa»ga o'tishi mumkin, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano o'zining tvitter sahifasida.
Manbaga ko'ra, klublar rasmiy kelishuvga yaqin turibdi. Jastin frantsuzlar yangi bosh murabbiyi Kristof Galte bilan bu borada gaplashib olgan.
O'tgan mavsumda 22 yoshli Klyuyvert «RB Leypsig»da ijarada o'ynadi. Forvard nemis klubi safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va bitta golli uzatma bergan.
Uning «Roma» bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296