«Manchester Siti» Keyn o'rniga Levandovskini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Polsha terma jamoasi va «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, «Manchester Siti» 32 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Angliya klubi «Tottenxem» hujumchisi Harri Keynni sotib ololmasa, Levandovski bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Levandovskining «Bavariya» bilan shartnomaning 2023 yil yozida tugashini hisobga olsak, «Siti» polshalik uchun Keynga qaraganda kam xarajat qilishi mumkin.
Avvalroq, OAVda «Real» Levandovskiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
O'tgan mavsumda polshalik hujumchi barcha musobaqalardagi 40 uchrashuvda 48 ta gol urdi va 9 ta golli pasni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170