UFC prezidenti Konorning shifoxonadan chiqqanini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregor operatsiyadan so'ng kasalxonani tark etganini aytdi. Bu haqda «MatchTV» xabar berdi.
UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregorning oyoq suyagi singanligi sababli operatsiya qilinganidan so'ng kasalxonadan chiqqanini ma'lum qildi. Irlandiyalik sportchi UFC 264 toifasida Dastin Porega qarshi jangda jarohat oldi.
«Unga kasalxonadan taxminan 10–15 daqiqa oldin ruxsat berdi. Konor bir muddat Los-Anjelesda bo'ladi. Keyin uyga uchib ketadimi-yo'qmi, buni bilmayman. U bir yildan keyin qaytib keladi», — dedi UFC prezidenti.
Makgregor faoliyati davomida ikkinchi marta Porega yutqazdi. Ularning dastlabki jangi 2014 yilda bo'lib o'tgan, o'shanda irlandiyalik sportchi birinchi raunddayoq nokaut evaziga g'alabani nishonlagan. 2021 yil yanvarda Pore Konorni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi.

Bosh sahifaga
122