Argentina va Italiya Maradona xotirasiga bag'ishlab, uchrashuv o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176
33
Italiya va Argentina terma jamoalari dunyo futboli afsonasi Diego Maradonaning xotirasiga bag'ishlangan o'rtoqlik o'yinini o'tkazishni rejalashtirishmoqda.
Bahsni Maradonaning o'limidan so'ng uning nomiga o'zgartirilgan Neapoldagi stadionda o'tkazishmoqchi.
Qayd etish kerakki, bu jamoalar so'nggi bor JCh-1990 yarim finalida Neapolda to'qnash kelishgan va unda argentinaliklar penaltilar seriyasida g'olib chiqishgan edi.
Terma jamoalar o'rtasidagi bahs qit'alararo kubok o'yiniga aylanishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Italiya Evropa chempionatini, Argentina esa Amerika Kubogini qo'lga kiritdi.
Maradona 2020 yilning 25 noyabr kunida yurak to'xtashi oqibati vafot etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214