Saul va Grizmann rokirovkasiga "Barselona" yana bir shart qo'shdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 222

"Barselona" va "Atletiko" jamoalari o'rtasida Antuan Grizmann hamda Saul Niges rokirovkasini amalga oshirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
Kataloniya klubi ish haqi miqdorini kamaytirish sabab bu almashinuvga rozi, biroq ular o'z futbolchisining qiymatini yuqori deb baholaydi.
Shu sababli, "ko'k-anorranglilar" Madrid klubidan qo'shimcha 15 million evro talab qilmoqda, deya xabar bermoqda "Diario Sport" nashri.
Eslatib o'tamiz, "transfermarkt" portali ayni damda frantsiyalik forvardni 60 million evroga, Saulni esa 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185