So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Donnarumma «Milan»ni tark etishdan oldin klub muxlislariga xat yozdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120
Janluiji Donnarumma yaqinda «Milan»ni tark etdi. Darvozabon yaqin vaqt ichida «PSJ» bilan shartnoma imzolashi kerak. Italiyalik posbon Instagram’dagi sahifasida muxlislariga xayrlashuv xatini yozdi.
«Tanlash ba'zan qiyin bo'ladi, lekin bu rivojlanishning bir qismi. ‘Milan’ga o'smirligimda kelganman. Sakkiz yildan beri ushbu klub libosini faxr bilan kiyaman. Biz futbolchilar, murabbiylar, klubda bo'lganlarning hammasi va albatta, men ko'p yillar davomida oila deb bilgan jamoaning ajralmas qismi bo'lgan muxlislar bilan birgalikda kurashdik, azoblandik, muvaffaqiyat qozondik, yig'ladik va zafarlarni nishonladik. Shuningdek, shaxsiy yutuqlarga erishdim, masalan, A Seriyada 16 yoshimda debyut qilganman. Buni hech qachon unutmayman.
Endi xayrlashish vaqti keldi. Bu oson tanlov bo'lmagan va, albatta, bu xat buni tushuntirish uchun etarli emas. Men buni hech qachon tushuntira olmayman, chunki eng chuqur tuyg'ularni so'z bilan ifodalash mumkin emas. Ba'zan yo'lni o'zgartirish, yangi muammolarni boshdan kechirish va yanada mukammal bo'lish uchun to'g'ri tanlov deb aytishim mumkin. Men klubda dastlabki kundan boshlab so'nggi kungacha uchrashgan barcha inson meni bugungi Donnarummuga aylantirgan hayot yo'lining muhim qismi sifatida yuragimda abadiy saqlanib qoladi.
Ushbu ranglarga bo'lgan muhabbatim tufayli ‘Milan’ga chin yurakdan muvaffaqiyatlar tilayman. Bu tuyg'ularni biron bir masofa va yillar unuttira olmaydi», — deb yozgan Donnarumma.