Xolandning «Chelsi»ga o'tishi tarixdagi ikkinchi eng qimmat transfer bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

«Chelsi» ushbu yozda yangi forvardni qo'lga kiritish uchun harakatlarini davom ettirmoqda.
Xabar qilinishicha, «ko'k-anorranglilar»ning asosiy transfer maqsadi Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland. «Asalarilar» rahbariyati bu yozda norvegiyalik futbolchi jamoani tark etmasligini ta'kidlamoqda, ammo London klubi «Borussiya» rad eta olmaydigan taklifni taklifni tayyorlamoqchi.
«Chelsi» Xolandning transferi uchun 175 million evro taklif qilishga tayyor, bu ushbu transferni tarixdagi ikkinchi eng qimmat xaridga aylantiradi (Neymar «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million evroga evaziga o'tgan). «Ko'klar» ushbu shartnomani moliyalashtirish uchun uch nafar futbolchisini sotishga tayyor. London klubi Kallum Xadson-Odoining transferidan 20 dan 32 million evrogacha, Temmi Abrahamdan 23 dan 36 million evrogacha va Hakim Zieshdan 28 dan 38 million evrogacha foyda olishni ko'zlamoqda. Shunday qilib, «Chelsi» Xolandning xaridini amalga oshirish uchun taxminan 100 million evro ishlab olmoqchi.

Bosh sahifaga
193