London klubi Lingardga to'liq egalik qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard "Vest Xem" bilan to'liq shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda Goal nashri. Ma'lum bo'lishicha, londonliklar bu borada allaqachon "Manchester Yunayted" bilan bog'lanishgan.
Eslatib o'tamiz, Lingard shu yilning yanvarida "Vest Xem"ga ijara asosida ko'chib o'tgandi. Bu vaqt ichida yarim himoyachi Premer-ligada 16 uchrashuv o'tkazdi, u to'qqizta gol urdi va beshta golli pas berdi.
"Bolg'achilar" rahbariyati 28 yoshli Lingardning o'yinlaridan qoniqish hosil qildi va futbolchini sotib olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203