Fati «Barsa»ning mavsumoldi mashg'ulotini o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

«Catalunya Radio» nashrining xabar berishicha, «Barselona» hujumchisi Ansu Fati Kataloniya klubining mavsumoldi mashg'ulotlarini o'tkazib yuboradi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli tiklanishni davom ettirish uchun Madriddagi sport shifokori Xoakin Xuan nazorati ostida qoladi.
Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi yana bir necha hafta Madridda qoladi va bu uning klub bilan yig'inga qatnashishiga xalaqit beradi.
Eslatib o'tamiz, Fati 2020 yil noyabr oyida tizzasidan jarohat olgan edi, shundan so'ng u to'rt marta operatsiya qilindi.
O'tgan mavsumda hujumchi «ko'k-anorranglilar» tarkibida 10ta o'yin o'tkazib, beshta gol va to'rtta golli pas berishni uddalagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203