Ramos Messining «PSJ»ga kelishiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271

«Pari Sen-Jermen»ning ispaniyalik futbolchi Serxio Ramos argentinalik hujumchi Lionel Messining frantsuz klubiga o'tishi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Messi dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. Ammo, men qaror qabul qilmayman. Faqatgina, bir narsaga o'z fikrimni bildirishim mumkin, men shunchaki dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan to'p tepishni yaxshi ko'raman. Leoning Parijga kelishi, bu klubning Evropa maydonlarida g'alaba qozonish imkoniyatini yanada oshiradi», - deya Ramosning so'zlarini keltiradi «AS» nashri.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Messi hozirda erkin agent. «Barselona» argentinalik bilan yangi shartnoma imzolashga urinmoqda, ammo hozircha moliyaviy cheklovlar tufayli buni uddalay olmayapti.

Bosh sahifaga
240