So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evro-2020 evrolari: Kim qancha ishlab topdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161
Evropa chempionati maydondagi o'ta qiziq voqealar bilan futboldagi boshqa turnirlardan ajralib turishi bilan birga ishtirokchilar ishlab topadigan mablag'lar bilan ham keskin farqlanadi. Avvalboshdan Evro-2020 sovrin jamg'armasi 371 million evro etib belgilangandi. Pandemiya bois rejalar o'zgarib, raqam – 331 million evroga tushdi.
Demak:
TURNIRNING FINAL BOSChIGA ChIQQAN HAR BIR TERMA JAMOA (24 TA) 9,25 MLN. EVRO IShLAB OLGANDI.
GURUH BOSQIChIDAGI HAR BIR G'ALABA 1 MLN. EVRO, HAR BIR DURANG ESA 0,5 MLN. EVRO KELTIRARDI NATIJA SOHIBIGA.
PLEY-OFFGA YO'LLANMA – 1,5 MLN.
ChORAKFINAL – 2,5 MLN.
YaRIMFINAL – 4 MLN.
FINALChI – 5 MLN.
G'OLIB ESA – 8 MLN.
Italiya terma jamoasi “mukammal g'azna” sohibiga aylandi. Ya'ni barcha o'yinda g'alaba va yakunda jami – 28,5 mln. evro sovrin pullari. Agar pandemiya bo'lmaganida bu raqam – 34 mln. bo'lardi. Solishtirish uchun 2018 yilda o'tkazilgan mundial g'olibi Frantsiya turnirda 34,5 mln evro ishlab topgan. Endi Kopa Amerika-2021 turniridagi bunday raqamlarga qaralsa solishtirib bo'lmaydigan ko'rinish namoyon bo'ladi. U erda umumiy sovrin jamg'armasi Birgina Italiyaning ishlab topgan mablag'idan ko'ra kamroq - 22 mln. evro!
UEFA sovrin pullarini federatsiyalarga o'tkazadi. Keyin milliy federatsiyalar taqsimotni ichki tartib va istak asosida amalga oshirishadi.
Tashkilotning o'z daromadiga kelsak, albatta aniq sonlarni aytish imkonsiz, biroq "Forbes" nashriga ko'ra, UEFA Evro-2020dan 2,5 mlrd. evro foyda bilan chiqadi. 1992 yil bilan taqqoslansa raqamlar 50 baravar oshganini ko'rish mumkin. Tabiiyki bu ko'rsatkichdan tashkiliy harajat qismi ayirib tashlanadi. Lekin shunda ham sof foyda 1 mlrd. evro atrofida bo'lishi kutilmoqda.