So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ingliz muxlislari finaldan keyin norozilik harakatini boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160
Evropa chempionati finalida uchralgan mag'lubiyat butun Britaniya aholisini qayg'uga soldi. Inglizlar Ueblida 60 mingdan ziyod muxlis qarshisida o'z qo'lida bo'lgan g'alabani boy berdi. Ish penaltilar seriyasiga etib borishining o'zi ingliz muxlislarini g'azablantirgan. Qo'shimcha taymlarda esa Angliya g'alabaga munosibroq o'yin ko'rsatilganiga ishonilmoqda.
Angliyaning tushkunlikka tushgan ko'plab muxlislari final bahsida Jorjiyo Kellini o'yindan chetlatilishi kerak edi degan da'vo bilan murojaat qildi. "Uch sherlar" ohir oqibat o'yinda penaltilar seriyasida 3-2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq hozirda o'n minglab muxlislar hakam tufayli o'yin qayta o'tkazilishini talab qilib, petitsiya kiritmoqda. Bunga ekstra-taym so'nggida Italiya terma jamoasi sardori, 36 yoshli Kellini zahiradan maydonga tushgan Bukayo Sakaning yoqasidan ushlab, yiqitgani va potensial golli hujumni yo'q qilgani sabab bo'lgan. Ushbu vaziyatga hakam Byorn Kyupers sariq kartochka ko'rsatish bilan cheklandi, xolos.
Muxlislar esa himoyachi qilgan harakat qasddan bo'lib, o'zidan ikki barobar kichik bo'lgan 19 yoshli "Arsenal" o'spiriniga eta olmasligini bilardi degan fikrda. Darhaqiqat, italiyalik faxriy himoyachi o'sha vaziyat uchun sariq oldi va bu ishini atayin amalga oshirgan edi. Shu sababdan internetda vaziyat yuzasidan ko'plab umidsiz petitsiyalar paydo bo'lib, o'yin qaytadan o'tkazilishi kerak degan fikrni ilgari surmoqda.
Murojaatnomaning bir bandida shunday deyiladi: "Angliya va Italiya uchrashuvi paytida Bukayo Sakaga adolatsiz munosabatda bo'lishdi. Jorjiyo Kelinni uning ko'ylagidan "shafqatsiz" tortganiga qaramay, unga qizil o'rniga sariq berildi. Biz hakam bir tomonlama va Italiya foydasiga harakat qilganiga qattiq ishonamiz".
Qolaversa, o'yindan oldin ko'pchilik Angliyaning g'alabasiga ishonganligi uchun g'alabaga katta tayyorgarlik ko'rgan. Buni Boris Jonson ham ta'kidlagan. 19-iyul Ozodlik kunida, qolaversa, avgust oyida muxlislar (g'alaba) paradi o'tkazilishi kerak edi. Hammasi teskarisiga ketgach, butun Angliyaning hafsalasi pir bo'lgan. Hatto o'yindan so'ng, ayrim o'yinchilarga nisbatan irqchilik, millatchilik va tahqirlash kabi hollar kuzatilmoqda. Reshford, Sterling, Saka, Sanchoning ijtimoiy tarmoqlardagi akkountlari rasist izohlar bilan to'lib ketgani aytilgan. Ko'plab futbolchi va aloqador shaxslar penaltini golga aylantira olmagan Saka bilan birdamligini ifoda etgan va uni qo'llab-quvvatlagan.
Jaloliddin Ismatov tayyorladi