"Real" Varanni qanchaga sotishga rozi bo'lgani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

ABC xabariga ko'ra, "Real" Varanni 50 million evroga sotishga rozi bo'lgan. Klub bir yildan so'ng frantsuz futbolchisi bepul ketib qolishidan qo'rqmoqda.
"Manchester Yunayted" hozircha 45 million evro taklif qilgan, "Real" "MYu" yana besh million evro qo'shishini kutmoqda.
Hozircha Varan Garri Maguayrning keyingi mavsumdagi sherigi bo'lishga asosiy nomzod bo'lib qolmoqda. "Real Madrid" allaqachon David Alaba bilan shartnoma imzolash orqali himoyasini kuchaytirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194