Alfonso Devis jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Bavariya"ning kanadalik himoyachisi Alfonso Devisning jarohati tafsilotlari ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi nemis klubi rasmiy sayti.
Futbolchiga chap oyoq qismida yorilishi tashxisi qo'yilgan. Devis operatsiya qilinmasdan konservativ usulda davolanadi. Futbolchining tiklanish vaqti taxminan bir oyni tashkil qiladi. Shunday qilib, u mavsumoldi mashg'ulotlarni to'liq o'tkazib yuboradi.
20 yoshli Devis o'tgan mavsumda "Bavariya" tarkibida 35 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198