Evro-2020 musobaqasiga umumiy qancha muxlis tashrif buyurgani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"RIA Novosti" nashri Evro-2020 o'yinlariga qancha muxlis tashrif buyurganini ma'lum qildi.
Unga ko'ra, turnirning umumiy tashrifi 1 million 99 ming 688 kishini tashkil qildi.
Evro pley-off o'yinlariga esa 450 ming 368, guruh bosqichiga 649 ming 320 tomoshabin tashrif buyurgan.
"Uembli"da bo'lib o'tgan Evropa chempionatining final uchrashuvi eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yinga aylandi (67 ming 173 tomoshabin).
Eslatib o'tamiz, qit'a chempionati 11 shahrarda o'tkazildi va unda 51 ta uchrashuv bo'lib o'tdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196